Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Oblaqul Isanov tashabbusi bilan 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" arafasida nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi.
“Suhbatlar davomida deputat xonadon egalariga samimiy mehr, xush kayfiyat ulashdi. Bemorlar holidan xabar olinib, ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.”