Bugun, 2-sentabr kuni maktablarda yangi 2025–2026 o‘quv yili boshlandi. Tantanali tadbirlarda o‘quvchilar, ota-onalar, ustozlar bilan birga xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etishdi.
Xususan:
4-Farhod saylov okrugidan saylangan deputat Akrom Bo‘tayev "Farhod" mahallasidagi 46-maktabda;
7-A.Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Karomat Karimova "A.Navoiy" mahallasidagi 3-maktabda;
8-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova "Olmazor" mahallasidagi 8-maktabda;
10-Boboyurt saylov okrugidan saylangan deputat Eldor Erkaboyev "Uchturg‘on" mahallasidagi ixtisoslashtirilgan maktabida;
16-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat Zafar Alimov "Uchturg‘on" mahallasidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lishdi.
Deputatlar mehmonlar yoshlarga ezgu tilaklar bildirib, ta’lim-tarbiya jarayonida ularga muvaffaqiyat tiladilar.