Yangiliklar

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 18-avgust kuni soat 14:00 da Buxoro davlat pedagogika instituti binosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Budjet va
iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E.Gadoyev rahbarligida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalasiga bagʻishlangan
ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
 

Yigʻilishda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimining oʻrinbosarlari, sohaga daxldor viloyat tashkilotlari rahbarlari, xalq
deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyati mudirlari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
 

Shuningdek, yigʻilish davomida muhokama etilgan masalalar yuzasidan ishchi guruh aʼzolarining taklif va tavsiyalari eshitildi, mavjud muammolar har tomonlama tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.  

Slide 1 of 19