Yangiliklar

Dehqon bozorlarida jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari tuman Kengashi tashabbusi bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va faol nuroniylardan tuzilgan Ishchi guruh vakillari dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, sanitariya xolati hamda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur jarayonda tuman Kengashi deputatlari F.Dadamatov, B.Maxmudova, faol nuroniylar va bozor mamuriyati qatnashdi. Unda mutasaddi rahbarlar sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashildi. Sotuvchilarga savdo jarayonida sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish, ayniqsa narx-navoni sun’iy oshirib yubormaslik bo‘yicha tavsiyalari berib o‘tildi. Uchrashuv chog‘ida sotuvchi va tadbirkorlarning muammo va takliflari ham o‘rganildi. 

Slide 1 of 6