Yangiliklar

Deputat uchrashuvi

Bugun xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputati Sultonov Xushnudbek Romanberganovich o‘zi saylangan 5-Muxabbat saylov okrugi joylashgan Muxabbat mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolardan oqar suv taʼminoti, ko‘p qavatli turar joy binosi tomini shifer qilish, turar joy binosi uchun subsidiya ajratish hamda turar joy binosini taʼmirlash masalalarida bir qator murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning baʼzilariga shu joyning o‘zida tushuntirish berilgan bo‘lsa, ayrimlariga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi. 

Slide 1 of 5