Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari N.Soatov, M.Sulaymonov Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, J.Usmonov, G‘.Axmedov va M.Ismoilxo‘jayevalar o‘z saylovchilari bilan uchrashdilar. “Mustaqillik” mahallasi hududida joylashgan Oqoltin tuman politexnikumi binosida bo‘lib o‘tgan muloqotda saylovchilarga xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joriy yilning II chorakdagi faoliyatlari haqida axborot berildi.
Uchrashuvda saylovchilar tomonidan “Obod” mahallasida yangi qurilayotgan ichimlik suvi tizimidagi ishlarning to‘xtab qolganligi, “Mustaqillik” mahallasida aholiga ajratilgan uchastkalarni maydonini ajratib berish, “Yangi hayot” mahallasida aholining tomorqsidan foydalanishlari uchun oqar suv masalalari yuzasidan murojaatlar tushdi. Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar tegishli mas’ullar bilan gaplashib keying uchrashuvlarda axborot berishga kelishdilar.