2025-yil 4-iyul kuni Boyovut tumanidagi “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini faollar zalida tuman Kengashi deputati Alibek Amanlikovning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Ijodkor” mahallasidagi saylovchilar ishtirok etdi.
Tadbirda deputat Alibek Amanlikov o‘zining 2025-yil 2-chorak faoliyati, saylovchilar manfaatlarini himoya qilishdagi ishlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha axborot berdi. Ushbu davr mobaynida aholi muammolarini o‘rganish, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Taʼkidlash joizki, deputat saylov okrugidagi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va ular bo‘yicha aniq amaliy takliflar ishlab chiqishda doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqda. Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ham yozib olindi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Tadbir ochiq va samarali ruhda o‘tdi. Bunday uchrashuvlar jamiyat vakillarining davlat boshqaruvi jarayonlaridagi ishtirokini yana-da kuchaytirish, deputatlar va aholi o‘rtasida samarali muloqotni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.