Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maxammatov Alisher Namazovich saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yig‘ilishda deputat o‘zining faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar, tuman Kengashi doirasida ko‘rilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar yuzasidan axborot berdi.
Tadbir davomida saylovchilar tomonidan ilgari surilgan muammolar va takliflar ham eshitildi. Jumladan, mahalliy infratuzilma, kommunal xizmatlar, bandlik va sog‘liqni saqlash sohalariga oid masalalar muhokama qilindi. Deputat barcha murojaatlar nazoratga olinishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish choralarini ko‘rishini ma’lum qildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, deputat va saylovchilar o‘rtasida samarali fikr almashinuvi yuz berdi. Shuningdek, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham takliflar bildirildi.