30-Oqoltin saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati N.Soatov, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari N.Turdiyev, D.Egamqulova va X.Ishimovlar o‘z saylovchilari bilan uchrashdilar. “Yangi davr” mahallasi hududida joylashgan 1-umumta’lim maktabi faollar zalida bo‘lib o‘tgan muloqotda saylovchilarga xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda xalq deputatlari tuman Kengashining II chorakdagi faoliyati haqida axborot berildi.
Uchrashuvda saylovchilar tomonidan A.Navoiy mahallasi Shifokorlar ko‘chasi, Sayxun 1,2,3-ko‘chalarida ichimlik suvi muammosi hamda oqar suv muammosi yuzasidan murojaatlar tushdi. Mazkur masalalar yuzasidan tuman “Suvoqava” bo‘limi mutaxassisi va tuman Suv yetkazib berish DM rahbari F.Mamadaliyevlar fuqarolarga muammolarni yechimi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida tushuntirish berdilar.