#deputat_vazifalaridan
Deputat:
Ommaviy axborot vositalari, matbuot konferensiyalari, boshqa jamoat tadbirlaridagi, omma oldidagi bayonotlarida, shu jumladan, Internet tarmog'ida ochilgan shaxsiy sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida (blog, post, izohlar qoldirishda):
📌 Kengashning, uni nomzod qilib ko'rsatgan siyosiy partiya va partiya guruhining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning o'z vakolatlarini vijdonan amalga oshirishiga shubha tug'dirishi mumkin bo'lgan harakatlardan tiyilishi;
📌 o'zining xatti-harakati, axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramasligi hamda asosli va konstruktiv tanqidni to'g'ri qabul qilishi;
📌 davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning faoliyatiga nisbatan e'tirozlari bo'lsa, ularni asoslangan, aniq muammoga qaratilgan holda bayon etishi, tekshirilmagan, isbotlanmagan ma'lumot va dalillardan foydalanmasligi;
📌 yuridik shaxslarning ishchanlik obro'siga, jismoniy shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazishi mumkin bo'lgan asossiz, yolg'on yoki noto'g'ri ma'lumotlarni tarqatmasligi;
📌 fuqarolar bilan muloqot qilishda ularning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan qo'pol, haqoratomuz ibora va so'zlarni qo'llamasligi, asossiz ayblovlarga yo'l qo'ymasligi, qonunga xilof xatti-harakatlarga da'vat etmasligi hamda bila turib yolg'on va noto'g'ri axborotdan foydalanmasligi kerak.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari.