Yangiliklar

MUNOSABAT

 BARQAROR O‘SISH VA RIVOJLANISH UCHUN YANA BIR QADAM 

 Joriy
yilning 16-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida amalga oshirilayotgan
islo
hotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi va yig‘ilish tafsilotlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
 

 Yurtboshimiz
mamlakatimizda ijtimoiy-i
qtisodiy jarayonlarni jadallashtirish, aholi farovonligini yanada oshirish borasida mas’ullarga bir qator topshiriqlar berdi, tizimda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tahliliy
tan
qid qilib o‘tdi. Davlatimiz rahbari joriy yil yakuniga qadar iste’moli yuqori bo‘lgan kamida 100 ming xonadon energiya samarador tizimga o‘tishi zarurligi, oylik iste’moli 500 kilovatt soatdan yuqori bo‘lgan vazirlik, hokimlik va davlat korxonalari xodimlariga energiya samarador texnologiyalariga o‘tishi uchun
“yashil ta’mir” krediti yoki subsidiya olishi uchun ko‘maklashilishi lozimligini
aytib o‘tdilar. Bu esa a
holi vakillari uchun katta imkoniyat bo‘libgina qolmay, davlat bergan imtiyozdan unumli foydalanib, quyosh panellaridan qo‘shimcha daromad ham olishga zamin yaratadi. Qolaversa, Prezidentimiz videoselektor yig‘ilishida go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi keskin oshmasligi bo‘yicha mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar berilishini ham alohida ta’kidlab o‘tib, soliq idorasi mutasaddilariga bir qator topshiriqlar berdi. Yurtboshimiz videoselektor yig‘ilishida “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirig‘ini berib, endidikda aholi vakillarining murojaatlari tezkorlik va xolislik tamoyillariga asosan hal etilishi, murojaatlar ijrosining sifati va tezkorligiga qarab, hokimlar faoliyatiga baho berilishini alohida ta’kidladi. Yig‘ilish chog‘ida Yurtdoshimiz mahalla tizimiga ham to‘xtalib, Mahallalar uyushmasi mahalla raislari va “ettilik”ni yangicha ishlashga o‘rgatishi zarurligini
ham qayd etdi.  

 Selektorning
mazmun-mo
hiyatini tahlil qilar ekanman, barcha tashabbus va takliflar zamirida inson qadri ustuvor ekani e’tiborimni tortadi. Negaki, muhtaram Yurtboshimiz mahalla tizimiga alohida e’tibor qaratib, olis hududlardagi mahallalar, chekka-chekka qishloqlardagi ovullar va u yerda yashayotgan insonlar taqdiri haqida qayg‘urmoqda. Endilikda fuqarolar o‘z muammolari bilan idorama-idora yurib, sarson bo‘lmasligi uchun “mahalla yettiligi” tizimini tashkil
etib, tizimda faoliyat olib borayotgan so
ha mutasaddilaridan yangicha tashabbuslarni kutmoqda, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishlarini talab qilmoqda.  

 Haqiqatdan ham, statistik ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda mahalla ahli o‘z muammolari bilan yuqori tashkilotlarga murojaat qilish holati kamaygan. Mahalla tizimi xodimlari “ko‘chabay”, “fuqarobay” ishlash tizimi bilan aholining ko‘ngliga yo‘l topmoqda, uyma-uy yurib muammolari va takliflarini o‘rganishmoqda. 

 Videoselektor
yi
g‘ilishida Yurtboshimiz oziq-ovqat mahsulotlarining narxini barqaror saqlash, sifatini oshirish borasida soha mutasaddilariga taklif va topshiriqlar berib, fuqarolarning turmush farovonligi sezilarli darajada oshirilishi uchun zamin hozirladi. Ayniqsa Yurtboshimizning aholi tomorqalaridan samarali foydalanishi uchun soha mutasaddilari fuqarolarga serdaromad ekin ekishni va yiliga 2-3 marta hosil olishni o‘rgatmayotganini tanqid qilib, quyi tizimdagi rahbarlarni uyma-uy yurishga, aholi bilan har kuni muloqot qilishga chaqirdi. Bu kabi topshiriqlarning mohiyatida ham ijtimoiy davlat tamoyillariga to‘la mos keladigan, shu zaminda yashayotgan har bir shaxsga Yangi O‘zbekiston shukuhini his qildirib, motivatsiya beradigan insonparvarlik g‘oyalari mujassam.  

 Yurtboshimiz
boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorning mazmun mo
hiyatidan ruhlanib, shuni ayta olmanki, bugungi kundagi davlat xizmatchilari xalqimizning quvonchu dardi bilan hamohang yashashi, Yurtboshimiz tomonidan bildirilayotgan ishonchni oqlashi lozim.  

  

Shoira To‘laganova, 

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati.  

Slide 1 of 1