Mahallada ko‘pchilik xonadonlarda mo‘jazgina issiqxonalar tashkil qilinib, pomidor, bodring, gul ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Deyarli har bir xonadonda qoramol, qo‘y-echki, parranda boqiladi. Ko’pchilik xonadonlarda hunarmandchilik, shuningdek, kasanachalik asosida kashtachilik, gilamchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo’yilgan. Imtiyozli bank kreditlaridan foydalangan holda serdaromad ishlar mahalla ahlining kundalik yumushiga aylangan.