Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”ning 38-bandida “Ijtimoiy ahvoli og‘ir holatdagi 272 nafar yoshlarni “Yoshlar daftari” orqali yordam ko‘rsatish asosida bandligini ta’minlash” belgilangan.
Shu bo‘yicha tuman Kengashi deputati Xalnisa Shayimova Yoshlar Agentligi Boyovut tumani bo‘limi bo‘lib qilingan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
Xususan:
O‘tgan 6 oy davomida, 1- chorak yakunlari bo‘yicha 181 nafar yoshlarga turli yo‘nalishlarda yordam ko‘rsatilib bandligi ta’minlashga erishilgaligi, iyul oyida mablag‘ ajratilishi bilan qolgan yoshlarga ham yordam berilishi rejalashtirilganligi aniqlandi.