Yangiliklar

Seminar ishtirokchilarining keying manzili Beruniy mahallasida joylashgan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Inflow” MCHJ hamda ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kobotex” MCHJ korxonalari bo‘ldi.

O‘z faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan mazkur korxonalarda birinchi navbatda “Ayolar daftari”da turuvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan oila vakillarining bandligi ta’minlangan. Ishtirokchilar korxonadagi ish jarayonlarini, mahsulot namunalarini ko‘zdan kechirdilar, bandligi ta’minlangan xotin-qizlar bilan suhbatlashdilar.

Ma’lumot uchun, “Inflow” MCHJda 380 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, birgina “Kobotex” MCHJning ishga tushirilishi natijasida 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Korxona yiliga 8 ming tonna ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, yillik 15 mln dollarlik mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 12