Seminar ishtirokchilari dastlab tuman markazida joylashgan IT-park binosida tashkil etilgan xotin-qizlarni axborot-texnologiyalari sohasida zamonaviy kasblarga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdilar. Ishtirokchilarga IT-parkda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda IT xizmatlarini eksport qilish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Ma’lumot uchun, ushbu markaz yoshlarga raqamli texnologiyalar yo‘nalishida ta’lim berish, ushbu sohada kompaniyalar tashkil etish, startap loyihalarni amaliyotga joriy qilish, frilanserlik, IT autsorsing yo‘nalishida faoliyat yuritish, IT eksporti bilan shug‘ullanish va jahon IT bozoriga chiqishga imkon yaratadi.