Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak poydevori!
🔹 “Adolat” SDPning “Yoshlar salomatligi – partiya e’tiborida” loyihasi doirasida bolalar salomatligi va ortopedik kasalliklarning erta aniqlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔷 14-sonli DMTT (Xo‘roba MFY) ga tashrif davomida:
▪️ 210 nafar bolajon tarbiyalanayotgan muassasada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
▪️ Yassioyoqlik va skolioz holatlarini aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar rejalashtirildi
▪️ Bir oy ichida to‘liq tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi kelishib olindi
🔷 Tashabbusda ishtirok etdi:
— deputatlar Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov, “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov
🔷 Har bir ota-onaga murojaat: farzandingiz salomatligiga befarq bo‘lmang! Muntazam tibbiy ko‘rik — sog‘lom kelajak garovidir!
#AdolatSDP #YoshlarSalomatligi #Sog‘lomAvlod #Farg‘ona #TibbiyKo‘rik #Ortopediya #Yassioyoqlik #Skolioz