Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, "TUMANDA IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH KICHIK DASTURI"ning 46-bandida belgilangan, "Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bandligini ta'minlash, yashash sharoitlarini yaxshilashni tizimli yo‘lga qo‘yish" bo‘yicha ishlar 94 %ga bajarilgan ya'ni jami 2337 nafar ishsiz xotin-qizlar ro‘yxatga olingan. Shundan 2208 nafarining bandligi ta'minlanganligi aniqlandi.

Shuningdek, 47-bandda ko‘rsatilgan, "Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar kontrakt to‘lovlarini to‘lash" bo‘yicha 2024-yilda Vazirlar Mahkamasining 585-sonli Qaroriga asosan Boyovut tumanidan 14 nafar xotin-qizlardan ariza tushgan. Arizalar tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan va ularga 100% kontrakt puli to‘langanligi aniqlandi. 2025-yil uchun oktyabr oyidan boshlab tushgan arizalar asosida ro‘yxatlar endi shakllantiriladi.

Slide 1 of 3