Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bugun Ko‘kdalada O‘zbekistonning  yuragi urmoqda!

Bugun Ko‘kdala tarixida o‘chmas iz qoldiradigan, yuraklarimizga iftixor uyg‘otuvchi kun bo‘ldi. Yurtboshimiz, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tumanimizga tashrif buyurib, so‘nggi uch yil ichida amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishdilar.

Prezidentimizning Ko‘kdalani tuman maqomiga chiqarish haqidagi qarori so‘zda emas, amalda ulkan natijalar bermoqda. Infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida ro‘y berayotgan yangilanishlar – xalqimiz hayotini yaxshilashga qaratilganini barchamiz his qilmoqdamiz.

Xalq bilan yuzma-yuz muloqotda Prezidentimiz har bir fuqaroning ovozi eshitilishini va ehtiyojlari hisobga olinishini yana bir bor ta’kidladilar. Bu — Yangi O‘zbekistonning haqiqiy yuzi!

Deputat sifatida men bugungi tashrifni nafaqat e’tirof, balki yangi vazifalarga chorlov deb qabul qildim.

Shu o‘rinda muhim bir masalaga e’tibor qaratishni istar edim:

Ko‘kdalaning tabiiy boyliklari va mahalliy  mahsulotlari,milliy qadriyat va an’analari orqali turizm tarmoqlarini rivojlantirish — bugungi kun talabidir! Jumladan, Chiyal yaxnasi – Ko‘kdalaning bugungi kundagi brend taomi-tashrif qog‘ozi hisoblanadi.

Bu hududda:

Ekologik dam olish maskanlari,

Yaxna va xos milliy taomlar,

Turistik fotozonalar va milliy qadriyatlar markazlari tashkil qilish orqali

turizmni yanada kengaytirish imkoniyati bor.

Shuningdek, Ko‘kdalada mavsumiy agroturizm-tarvuzdan tashqari, yaxna bozorni rivojlantirish orqali  yana bir ichki turizmni rivojlantirish mumkin. 

Bu bozor nafaqat savdo nuqtasi, balki bir asrlik qadriyat, mehmonlar uchun milliy madaniyat, mehmondo‘stlik va taomlar bilan tanishuv nuqtasiga aylanishi kerak.

Men, deputat sifatida, ana shu turistik salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida:

Tuman hokimligi va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda maxsus "Chiyal –  Yaxna va milliy taomlar Turizmi Mahallasi" loyihasini ishlab chiqish,

Yoshlar va ayollar uchun kichik biznes loyihalarini (jun va paxtadan tayyorlangan har xil milliy liboslar,gilamlar va har xil buyumlar suvenirlar, ishlab chiqarishni  qo‘llab-quvvatlash,

Mahalliy va xorijiy turistlar uchun QR-kodli ma’lumot stendlari, ko‘rgazmalar tashkil etishni taklif etaman.va men buni orzu emas, vazifa deb bilaman.

Bunday salohiyat  tadbirkorlar, yoshlar, ayollar uchun katta imkoniyat.

Alloh xohlasa, biz xalq bilan birga harakat qilsak, Ko‘kdalani bugungiday tarixga kirituvchi emas, ertangi kunga yetaklovchi tumanga aylantiramiz!

Ko‘kdala — endi oddiy tuman emas, xalq ichida yurak urayotgan, salohiyatli, yuksalayotgan maskan!

Bu loyihalar Ko‘kdalani nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-ma’rifiy jihatdan ham yuksaltirishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz bugun ta’kidlaganlaridek, Ko‘kdala rivojlanishning namunasiga aylanishi kerak — biz ham shu yo‘lda bel bog‘laganmiz!

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman kengashi Milliy tiklanish demokratik partiyasi deputati Nurqobilova Musharraf Ergashovna

Slide 1 of 1