Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Narx-navo barqarorligi e’tiborda 📊🛒

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida islohotlar samaradorligi, hududlarda ishlarning borishi hamda aholining dolzarb muammolari muhokama qilindi. Jumladan, go‘sht🥩, sut🥛, parranda go‘shti🍗 va tuxum🥚 narxlarining keskin oshib ketmasligi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudayberganova tomonidan Ishtixon tumani Mitan shaharchasidagi “Mitan dehqon” bozori faoliyati o‘rganildi 🔍.

O‘rganish davomida mahsulotlar narxi💰, ta’minot holati🚚 va bozordagi umumiy vaziyat📉 o‘rganildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbatlar🗣️ o‘tkazilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Bu kabi tashabbuslar joylardagi real holatni aniqlash📍, narx-navoni nazorat qilish📌 va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash🤝da muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 5