#Fargona_tumani Doimiy komissiyalarning navbatdagi qo‘shma
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔷 Farg‘ona tumani hokimligida Xalq deputatlari
tuman Kengashi kotibiyati va tuman
Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalarning navbatdagi Qo‘shma yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.
🔷 Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tuman
hokimi o‘rinbosarlari tomonidan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining
2025-yil 27-yanvardagi “2025-yilda Farg‘ona tumanini kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi
VII-4-4-11-163-K/25-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan
ishlar haqidagi, 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida Farg‘ona tumanida
yoshlarning muammolarini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan
uchrashuv va muloqotlarda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar
yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risidagi hamda tuman
kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i
X.Mo‘minovning Ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash, aholini
himoyasini kuchaytirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash hamda tuman Kengashining 2025-yil 6-fevraldagi
VII-4-12-11-163-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar
to‘g‘risidagi va boshqa mas‘ullarning hisobotlari eshitildi.
🔷 Kun tartibidagi boshqa masalalar ham keng
muxokama qilinib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli
qarorlar qabul qilindi.