1. Tuproqqal’a tuman hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. Tuproqqal’a tumani mahalliy byudjetining 2025-yil I chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hamda 2025-yil I chorak elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan tushumlar mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish toʻg‘risida.
3. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2025-yil 13-martdagi “Tuproqqal’a tumani mahalliy byudjetining 2025-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hamda elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘ ajratish to‘g‘risida” gi VII-7-39-12-218-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
4. Tuproqqal’a tumani hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida.
5. 2024-2025-o‘quv yili yakunlari, bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olinishi va bandligini ta’minlash yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh.Ruziboyevning hisoboti to‘g‘risida.
6. Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.A.Duschanovning tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasida 2025-yil I choragida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish chora-tadbirlari hamda keyingi faoliyat rejalari to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida.
7. Tuproqqal’a tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh.Ozodzodaning 2025-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
8. Tumanda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
9. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati S.Allayarovning Tuproqqalʼa TTB ga qarashli ko‘p tarmoqli Markaziy Poliklinikaning (yuridik maqomga ega bo‘lmagan) “Sayapir” filiali faoliyatini o‘rganishi yuzasidan malumotnomasi to‘g‘risida.
10. Yoshlar ishlari agentligi Tuproqqal’a tumani bo‘lim boshligʻi X.Rasulovning tumanda yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.