🟢2025-yil 8-aprel kuni Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashiga 19-“Xo‘jakent” saylov okrugidan saylangan deputat Shokirov Elyor Ixlosovich joriy yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilariga axborot berdi.
🔹Uchrashuvda mahalla aholisi vakillari, “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirok etdilar.
🔹Deputat tomonidan:
- aholi murojaatlar bilan ishlash holati;
- tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
- okrug mahallalari infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha axborot berildi.
✅Tadbir yakunida aholi murojaatlar tinglanib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.