Yangiliklar

Deputat axboroti

2025-yil 5-aprel kuni Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashiga 13-“Tovoqsoy” saylov okrugidan saylangan deputat Sadirov Jamshid Ergashovich saylovchilariga joriy yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

🔹Uchrashuvda siyosiy partiya raisi O.Babayev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi M. Ashurov, aholi vakillari, “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirok etdilar.

🔹Deputat tomonidan:

- aholi muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;

- kelgusida tumanni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar;

- fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi haqida qonunchilikka kiritilgan yangiliklar haqida axborot tinglandi.

Shu bilan birga Prezidentning PQ-1-son qarori asosida mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅Tadbir yakunida aholining murojaatlari qabul qilinib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Slide 1 of 3