Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholiga bepul beriladigan dorilar ta’minoti bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida aholiga bepul beriladigan dori vositalar ta’minoti bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

🔻O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida mavjud dori vositalari zaxirasi, aholining zarur dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda bepul berilishi lozim bo‘lgan preparatlar bilan ta’minlanganlik darajasiga e’tibor qaratildi. O‘rganish natijasida aholiga bepul berilishi belgilangan dori vositalarining ayrim turlari mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu holat tegishli dori vositalariga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni o‘z vaqtida ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.

🔻Ma’lumki, aholining ayrim toifalariga belgilangan tartibda bepul taqdim etiladigan dori vositalari kasalliklarni davolash, ularning asoratlarini kamaytirish va bemorlarning salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli zarur preparatlarning mavjudligini ta’minlash, dori vositalari zaxirasini muntazam nazorat qilish hamda ta’minotdagi uzilishlarning oldini olish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

🔻O‘rganish yakunida mas’ullarga mavjud bo‘lmagan dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, ularni belgilangan tartibda yetkazib berish choralarini ko‘rish, dori-darmonlar zaxirasini muntazam tahlil qilib borish va aholiga bepul beriladigan preparatlar ta’minotini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 2