Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirovaga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Chimgan” mahallasidagi xotin-qizlar faoli Z.Kadirovaning faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash, oilalardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ehtiyojmand ayollarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Alohida e’tibor xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, bunday vaziyatlarga duch kelgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalariga qaratildi. Bu borada xotin-qizlar faoli tomonidan aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish, muammoli oilalar bilan ishlash va zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

🔻Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning mavjud muammolari, ularga ko‘rsatilayotgan yordamlar va belgilangan vazifalarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada “Ayollar daftari”ga jami 80 nafar xotin-qiz kiritilgan. O‘rganish davomida daftarga kiritilgan ayollardan birining uy-joyini ta’mirlash ishlari hali yakunlanmagani ma’lum bo‘ldi. Mazkur masalani hal etish, ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish va ayolning yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.

🔻O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada takomillashtirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar bilan individual ishlashni davom ettirish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda uy-joyini ta’mirlash ishlari yakunlanmagan ayolning muammosini hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2