#O‘rganish
Deputatlik o‘rganishlari ta’lim muassasalarida munosib sharoitlar yaratish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali o‘quvchilar uchun qulay hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati O.Akromovning saylov okrugi hududida joylashgan “Qahramon” mahallasidagi 40-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati kotibiyat xodimi G.Shodiyeva tomonidan o‘rganildi.
✨O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilib, xususan, maktab sport zalining qish mavsumida yetarli darajada isitilmasligi bilan bog‘liq muammo aniqlandi.
✨Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali muammoni atroflicha o‘rganish, uni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda tegishli amaliy yordam ko‘rsatilishiga erishish rejalashtirilgan.