Yangiliklar

DEPUTATNING O‘RNI

2026-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi jamg‘armalar va mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalari mablag‘larining bo‘sh turgan qismini belgilangan tartibda auksion orqali tijorat banklarida depozitga qo‘yish hisobiga qo‘shimcha daromad topishga ruxsat beriladi. Bunda:
     mablag‘larni depozitga qo‘yish tegishli Xalq deputatlari kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
     olingan qo‘shimcha daromadlar to‘liq miqdorda tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlari asosida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalariga, tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalariga o‘tkaziladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qarori.

Slide 1 of 1