Yangiliklar

Sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi.

Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, vakillik hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va mavjud boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputatlari o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi.

🔵So‘rovnoma o‘tkazishdan oldin Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Toshkent viloyati boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi B.Ozodov tomonidan deputatlarga  o‘tkazilayotgan ushbu sotsiologik tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha tushunchalar berildi.

🔵Deputatlar tomonidan bildirilgan fikrlar faqat deputatlarning mavjud faoliyatini baholashga emas, balki mahalliy Kengashlar vakolatlarini kuchaytirish va ularning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan institusional islohotlarning rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

Slide 1 of 4