35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
Bugun Popda bayramona tong otdi!

Bugun Popda bayramona tong otdi!

Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida Kelachi mahallasidagi Toshkent ko‘chasi yangicha qiyofada, fayzu tarovat bilan el-yurt bag‘riga ochildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mehmonlari, nuroniy otaxonlar, yoshlar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan munosib sharoitlarga to‘xtalib, ushbu ezgu tashabbusni amalga oshirishda hissa qo‘shgan POP CITY MALL rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etgan Toshkent ko‘chasi tantanali ravishda ochildi!

Yoshlarimizning sevimli san’atkori Jahongir Foziljonov «Bojalar» guruhi Kelachi mahallasidagi Yoshlar maydonida o‘zining dilrabo qo‘shiqlari bilan haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi!

Slide 1 of 7