35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tumanning “Chimboyliq” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori J.Muratov faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida soliq inspektorining mahalladagi faoliyati, fuqarolar bilan muloqoti va soliq masalalari bo‘yicha ularga tushuntirish berish amaliyotiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, aholiga soliq to‘lovlarining mazmun-mohiyati, ularni o‘z vaqtida amalga oshirish tartibi, soliq majburiyatlarini bajarishning ahamiyati hamda mavjud imtiyozlar haqida tushuntirish ishlarini olib borish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va boshqa soliq to‘lovchilar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi. Ularning qonuniy faoliyat yuritishi, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishi va belgilangan majburiyatlarni bajarishi yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🔻O‘rganish davomida soliq inspektoriga mahalladagi har bir soliq to‘lovchi bilan manzilli ishlash, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni aholi va tadbirkorlarga tushuntirish, soliq to‘lovlarini undirishda qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2