35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
22-BAND IJROSI: TIBBIYOT OBYEKTIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI

22-BAND IJROSI: TIBBIYOT OBYEKTIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Maqsud Kazakov tomonidan “Navro‘z” tez tibbiy yordam shoxobchasi binosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Mazkur loyiha PQ-393-son qarori asosida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar barpo etish dasturiga kiritilgan.
🔎 O‘rganish davomida binoning rekonstruksiya qilinishi, qurilish-montaj ishlarining borishi, yaratilayotgan sharoitlar hamda obyektning kelgusidagi foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Loyiha doirasida mavjud 50 qatnovli tez tibbiy yordam shoxobchasini 1-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish ko‘zda tutilgan.
🏥 Bu esa hudud aholisiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada qulay va sifatli ko‘rsatish, tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
📌 Deputat tomonidan rekonstruksiya ishlarining sifatli, belgilangan muddatlarda va loyiha talablariga muvofiq bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
🎯 Maqsad — aholi uchun zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratish va ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini ta’minlash.

Slide 1 of 5