35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "17-Guliston" saylov okrugi deputati Shahnoza Tursunova tomonidan A.Sog‘uniy mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🧠 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirildi.

⚡ Jarayon davomida hududdagi ko‘p qavatli uylar, tutash hududlar, asfalt qoplamalari, tom qismlari va yo‘laklarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, 3742-sonli transformator punktining mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

⚙️ Ayni paytda Uchtepa tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 3742-sonli transformator punktining 2-bo‘limida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

📈 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish va elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 5