35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Chinorbuloq” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim S.Umarovning aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga xizmat ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi,tibbiy-ijtimoiy hamda psixologik yordam holati, shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi tomonidan yuritilayotgan ijtimoiy keyslarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.O‘rganish jarayonida ehtiyojmand aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni o‘z vaqtida va manzilli yetkazish hamda mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish va ijtimoiy xizmatlarning aholiga yanada sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash masalalari nazoratga olindi.  

Slide 1 of 2