35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan O'zbekiston mahallalar uyushmasi Uchtepa tumani boshlig‘i Laziz Yusupovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Chamanzor mahallasi Mirxond 5-tor ko‘chasi boshida joylashgan bolalar maydonchasi o‘rganilganda, maydonchadagi aksariyat arg‘imchoqlar ta’mirtalab holatda ekani, o‘rindiqlar mavjud emasligi, hududning tozaligi va obodonchiligi talab darajasida emasligi hamda yer qoplamasi tuproq holatida ekanligi, mazkur holat bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, mahalla hududidagi mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda yosh avlod uchun munosib muhitni shakllantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishni taqozo etayotganligi qayd etilgan.

📈 Shu munosabat bilan, yuqoridagilardan kelib chiqib:

✍️ Chamanzor mahallasi, Mirxond 5-tor ko‘chasi boshidagi bolalar maydonchasini 2027-yilgi mahalla dasturiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish;

✍️ bolalar maydonchasini ta’mirlash, obodonlashtirish, zarur o‘rindiq va bolalar o‘yin jihozlarini o‘rnatish hamda hududga tegishli qoplama yotqizish ishlarini mahalla jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish;

✍️ mazkur ishlarning amalga oshirilishini tegishli mas’ullar zimmasiga yuklash va ijrosini nazoratga olish;

✍️ ko‘rilgan choralar, masalaning 2027-yilgi Mahalla dasturiga kiritilganligi yoki kiritilishi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, moliyalashtirish manbasi hamda amalga oshirish muddatlari haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda asoslantirilgan javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1