Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U.Raximjonov tomonidan 2026-yilning II choragi yakunlari yuzasidan "Oltin vodiy" mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni oʻrganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar koʻrish deputatlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.