35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
Pochchoyi mahallasida elektr ta’minoti tizimi yangilandi

Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini joyida hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 10-Jo‘ysafet saylov okrugidan saylangan deputat S. Qahhorov tashabbusi bilan Pochchoyi mahallasidagi Arabxona va Pochchoyi qishloqlarida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi.
🌏Joriy yilning 17 avgust kuni deputat S. Qahhorov saylovchilar bilan uchrashib, hududdagi mavjud ijtimoiy muammolarni muhokama qilgan edi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minotidagi ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🌏Mazkur murojaatlar deputat e’tiboridan chetda qolmay, muammo joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ayrim xonadonlarda elektr kuchlanishining pastligi, shuningdek, hududdagi ayrim simyog‘ochlarning jismonan eskirgani aniqlandi.
🌏Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputat S. Qahhorov tashabbusi bilan yangi simyog‘ochlar olib berildi. Elektr ta’minoti muhandislari tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilib, mavjud muammolar joyida bartaraf etildi.
🌏Natijada Arabxona va Pochchoyi qishloqlaridagi fuqarolarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlari amaliy yechim topdi. Bu kabi ishlar deputatlarning saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning murojaatlarini joyida o‘rganishi va muammolarga amaliy yechim topish borasidagi faoliyatining muhim natijasidir.

Slide 1 of 4