35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga qonuniy va amaliy yechim topish - davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada Prezident Xalq qabulxonalari aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahar Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda shahar hokimi shahar Kengashi deputati Dilfuza Kambarova hamda tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

Qabul davomida o‘nga yaqin fuqaro uy-joy, tadbirkorlik, pensiya va nafaqa tayinlash, moddiy yordam, doimiy ishga joylashish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Murojaatlarning aksariyatiga qabul jarayonining o‘zida tegishli yechimlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqotga asoslangan shaxsiy qabullar belgilangan grafik asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4