35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining mas'ul vakillari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari, viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tuman studiyalaridan Kengash a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidan 2026-yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi o‘rin olgan.

Shuningdek, quyidagi sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarining hisobotlari tinglanadi:
🔹 Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasi;
🔹 Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi;
🔹 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi;
🔹 Surxondaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi;
🔹 “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ.

Yig‘ilish davomida mazkur sohalarda korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, tizimlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi muhokama qilindi.

Yig‘ilishdan asosiy maqsad — korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.

Slide 1 of 6