35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida Shovot tumani Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasidagi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar.
🔎 O‘rganish davomida mahallada aholi daromadlarini oshirish, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, aholini kasb-hunarga o‘qitish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
💼 Shuningdek, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, aholi xonadonlarida daromadli mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda PQ-49-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Asosiy maqsad — aholi daromadini oshirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish!

Slide 1 of 3