35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
KO‘P KVARTIRALI UYLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 10–At-Termiziy saylov okrugi deputati Kabulova Ra’no tomonidan hududda 24-tavsiya ijrosi yuzasidan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son deputatlik nazorati olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi ko‘p kvartirali uy-joylarning holati, ularda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, uy-joylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi Vohabov Umidjon tomonidan ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi, ularni zamonaviy talablar asosida barpo etish hamda aholiga qulayd shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatga ma’lumotlar berildi.

Deputat tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, ko‘p kvartirali uy-joylarda yashovchi fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash, uy-joy fondidan samarali foydalanish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur deputatlik nazorati tadbirida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva ham ishtirok etdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tegishli tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 7