35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ko‘cha boshilari bilan birgalikda aholi muammolari o‘rganilmoqda

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 6-Qiyot saylov okrugi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Yangi O‘zbekiston mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, ko‘cha boshilari bilan birgalikda aholi muammolari o‘rganilmoqda.
🤝 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich, mahalla raisi R. Jumaniyazov, ko‘cha boshilari hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Qo‘ziboyev Temurbek Sarvarovich ishtirok etdilar.
📹 O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi kuzatuv kameralarining faoliyati bilan bog‘liq muammolar aniqlandi.
🚸 Shuningdek, Murabbiylar ko‘chasida sun’iy yo‘l notekisligi o‘rnatish masalasi ham o‘rganildi. Mazkur ko‘chada avtomobillar qatnovining serqatnovligi hamda ayrim haydovchilarning tezlikni oshirib harakatlanishi sababli piyodalar, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
📌 Aniqlangan muammolar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
🤝 Xalq bilan muloqot — muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 7