35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisining_faoliyatidan #Navbatdagi_sessiya_oldi_o‘rganishi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalardan biri — tuman mahalliy budjeti daromadlari bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda undirilishi holati yuzasidan tegishli o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mas’ul xodimlarning faoliyati, budjet daromadlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq shakllantirilishi, soliqlarni o‘z vaqtida hisoblash va undirish, shuningdek, mavjud soliq qarzdorliklarini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hududdagi qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari va boshqa to‘lovchilarning majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qarzdorliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularni qisqartirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va budjetga tushumlarni oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kengash raisi tomonidan mahalliy budjet daromadlarini barqaror oshirish, mavjud rezervlardan samarali foydalanish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim ekanligi ta’kidlandi.
Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada masalani atroflicha muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 2