35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi

 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov, deputat Avazbek Raxmonov hamda Ekologik partiya tuman kengashi raisi Abdulg‘ofur Axmadjonov tomonidan 17-Qo‘qonboy saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha
obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
 

Xususan, Mullazoir qishlog‘ida joylashgan 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi o‘rganildi. 

O‘rganish davomida maktabning yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bino va inshootlarning texnik holati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, sanitariya-gigiyena talablari hamda mavjud muammolar holatiga alohida e’tibor qaratildi. 

Mas’ullar bilan suhbat davomida ta’lim muassasasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududdagi ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 4