Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yoshlar maslahati guruhi a’zolari hamda ekspert guruhi a’zolari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish va ularni ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i O‘.Boltaboyev tomonidan hisobot taqdim etildi.

Hisobotda jamg‘arma mablag‘larining yo‘naltirilishi, ularning maqsadli sarflanishi, shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha yoritib berildi.

Yig‘ilish deputatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 7