🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan “Daxana” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan ijtimoiy xodim, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi faoliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati S.Ramatjonov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi.
🔷O‘rganish davomida:
yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilgan ishlar;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar;
mahalladagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bilan tanishildi.
🔷Shu bilan birga, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, mahallani obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mahalla raisi bilan suhbatlashildi.