🔷Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔷Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔻Boʻstonliq tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2025-2026-yil sug‘orish davri uchun suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan hisoboti hamda 2026-yil sugʻorish mavsumi uchun isteʼmolchilar kesimida suv limiti muhokamasi to‘g‘risida;
🔻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
🔻Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil birinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
🔷Yig‘ilish yakuni bilan barcha masalalar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.