Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Mamanova Karomat va Paxtakor tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi hamda Suvonobod mahalla raisi bilan birgalikda aholi o‘rtasida bo‘layotgan murojaatlar yuzasidan tahlil olib bordi.
Jarayonda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ularning kelib chiqish sabablari va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
Tahlil davomida uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik hamda ijtimoiy masalalarga doir murojaatlar ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi. Ayrim muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar belgilandi.
Deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va samarali hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi hamda mazkur masala nazoratga olindi.