Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Hududdagi aholi muammolarini o‘rganish hamda saylovchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari M.Yunusov hamda Mahalla yettiligi tomonidan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan qarorlar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Slide 1 of 4