Yoshlar bo‘yicha tashkillashtirilayotgan ishlar o‘rganildi
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi PF-163-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati B.Azmetov “Ko‘kto‘nli” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.
🔹O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning qiziqishlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar tahlil qilindi.