Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati D.Xolmurotov va M.Ashurovlar “Pskom” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

🔹Uchrashuvda tumanning “Pskom” mahallasida qurilishi rejalashtirilgan GESning ahamiyati yuzasidan mas’ullar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Shuningdek, mahallada aholi bandligi ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 2